This template uses custom fonts.
See the demo and find the detailed guide to connecting fonts at the bottom of the page.
Ariza qoldirish
BIZ BILAN BIRGA, HAR DAQIQA YAXSHIROQ BO'LISH IMKONIYATINI KASHF ETING!
Tw
Ig
Fb
Kaizen
Kaizen maktabi
Kaizen Maktabi, 5-11 sinf o'quvchilar uchun zamonaviy va sifatli ta'lim taqdim etishga ixtisoslashgan muassasa. Biz o'quvchilarni muvaffaqiyatli, kreativ, tanqidiy fiklovchi va mas'uliyatli shaxslar bo'lishlariga e'tibor qaratamiz va ularni global bozorda kerakli mutaxassislar bo'lishlari uchun harakat qilamiz.
01
Biz Kimmiz?
Bizning maqsadimiz — har bir o'quvchini o'z salohiyatini to'liq ochishiga, iste'dodlarini to'liq kashf qilishiga yordam berish. Biz keng qamrovli rivojlanish, innovatsion o'qitish va hamjihatlikni asosiy o'ringa qo'yamiz.
02
Maqsadimiz
  • Interaktiv O'qitish: O'quvchilarimiz darslarda faol ishtirok etishlari uchun interaktiv metodlarni qo'llaymiz.
  • Loyiha Asosida O'qitish: Talabalarimizga haqiqiy hayotdagi muammolarni hal qilishda yordam beradigan loyiha asosidagi yondashuvni taklif etamiz.
03
Ta'lim Jarayoni:
Yondashuvimiz
Biz o'quvchilarimizning nafaqat akademik muvaffaqiyatlarga, balki shaxsiy va ijtimoiy ko'nikmalarga ham ega bo'lib, kelajakda eng yaxshi universitetlarda ta'lim olishlariga intilamiz. Maktabimizni tamomlagach, talabalarimiz biz hamkorlik qiluvchi 300 dan ortiq nufuzli oliygohlarda, dunyoning turli davlatlarida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bizning maqsadimiz — ularni kelajakdagi liderlar, innovatorlar va jamiyatimizga foyda keltiruvchi shaxslar bo'lishlari uchun har tomonlama tayyorlash.
04
O'quvchilarimiz
Darslar
Qanday o'tkaziladi?
Kaizen Maktabida darslarni boshlashdan oldin har bir o'quvchining kuchli va o'sishi kerak bo'lgan tomonlarini aniqlaymiz. Darslarimiz individual yondashuvga asoslangan bo'lib, murakkab mavzularni o'rganishdan oldin to'liq tayyorgarlik ko'ramiz
O'quvchilar amaliy mashg'ulotlar, jamoaviy ishlar va ijodiy muammolarni hal qilish orqali o'rganadilar, bu esa darslarni yanada zavqli va esda qolarli qiladi. Informatika, tillar yoki sport bo'ladimi, o'quvchilarimiz dars jarayoniga to‘liq jalb qilinadi
Har bir darsdan so'ng, biz o'quvchilarning yutuqlarini baholaymiz va o'zlashtirganlik darajasini aniqlaymiz va natijalarga asoslangan holda keyingi rivojlanish rejalari tuziladi. Bu orqali har bir o'quvchi muvaffaqiyatga erishish yo'lida ishonch bilan oldinga qadam tashlaydi.
Tayyorgarlik
Interaktiv Darslar
Baholash
Nega
Kaizen Maktabi?
Biz ta'lim usullarimizda kreativlik va zamonaviy fikrlashga katta e'tibor qaratamiz, bu esa o'quvchilarimizga zamonaviy ko‘nikmalar va bilimlarni yaxshiroq egallash imkonini beradi. Yondashuvimiz tanqidiy qaratilgan bo'lib o'quvchilarni kelajakda qiyinchiliklarni mustaqil, oson va to‘g‘ri hal qilishga tayyorlaydi.
Biz o'quvchilarimizning umumiy o'sishini birinchi o'ringa qo'yamiz, akademik muvaffaqiyat, hissiy intellekt va ijtimoiy ko'nikmalarga alohida e'tibor beramiz. O'quv dasturlarimiz va qo'shimcha faoliyatlarimiz o'quvchilarning komil shaxs sifatida rivojlanishiga yordam beradi, bu esa ularni o'zlariga ishonchli, kuchli va qiyinchiliklarga chidamli bo'lishlariga imkon yaratadi.
Biz hamkorlik va hamjihatlik kuchiga ishonamiz. o'quvchi, o'qituvchilar va ota-onalar o'rtasida kuchli munosabatlarni rivojlantirib, ta'lim jarayonini yaxshilovchi qo'llab-quvvatlovchi muhitni yaratamiz. Umumiy maqsadlarga erishish uchun birgalikda harakat qilamiz va muvaffaqiyatlarimizni jamoa sifatida nishonlaymiz.
01. Innovatsion Ta'lim
02. Umumiy Rivojlanish
03. Jamoaviy Hamjihatlik
Tanishing: Bizning Jamoa
Tajribali mutaxassislar bilan sifatli darslar!
Ingliz tili, IELTS
Ingliz tili, IELTS
Nigina Mustafaeva
Sanjar Shomurotov
Masoud Sharifinezhad
Habibulloh Yuldashev
Matematika, SAT
IТ, Робототехника
Shokhrukh Kobuljonov
Asoschi, Direktor
Maktabimizda 2024/25-o'quv yili uchun 5-sinfdan 11-sinfgacha o'quvchilar qabul qilamiz
O'QUVCHILARIMIZ
KAIZEN 2024-2025
TA'LIM VA TARBIYA
MOMENTS OF 2020
MOMENTS OF 2020
XOTIRALAR 2024
Ma'lumotlaringizni yozib qoldiring va biz siz bilan eng tez fursatda bog'lanamiz!
Bog'lanish uchun ma'lumotlar
Savollar va takliflaringiz bo'lsa biz bilan bog'laning
Qabul bo'yicha
+998 78 113 66 96
https://t.me/kaizenadmin
Kaizen o'quvchilari uchun
+998 95 843 22 22
https://t.me/kaizenadmin
Akademik Menejer
+998 77 706 99 99
https://t.me/kaizenadmin
Manzilimiz
Gulobod 101,
Kaizen International School
Made on
Tilda